Mart oyida qaysi sanalarda dam olish beriladi?
![Mart oyida qaysi sanalarda dam olish beriladi?](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1208167809.jpg)
Prezidentning «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan:
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
➖ 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga;
➖ 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga.
Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart — dushanba va 22 mart — chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.
Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 23 mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.
Shuningdek, 8 mart (chorshanba) — Xotin-qizlar kuni ham Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan dam olish (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter