Markaziy saylov komissiyasiga yangi a’zolar saylandi
Kecha, 23-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar ishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalaning muhokamasi bilan boshladilar.
Mamlakatmiz hozirda muhim siyosiy jarayon — saylovlar arafasida turibdi. Shu bois, saylovlarga har tomonlama puxta tayyogarlik ko‘rilmoqda.
Majlisda xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar birma-bir ko‘rib chiqildi hamda Markaziy saylov komissiyasining bir qator yangi a’zolari saylandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash masalasi yuzasidan qabul qilgan qarorlari ma’qullash uchun Senatga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter