Marg‘ilondagi hodisalardan so‘ng bolalar uylarida kameralar o‘rnatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida jurnalistlar uchun davra suhbati tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Uchrashuvda Marg‘ilondagi mehribonlik uyida va Oqqo‘rg‘ondagi maktab-internetda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng bolalar uylari va maktab-internatlarda nazorat kuchaytirilgani va videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani ma’lum qilindi. Ayni damda boshqa bolalar muassasalarini tekshirish ishlari ham boshlangan.
«Bu, albatta, juda yomon holat. Umid qilamanki, bunday holat boshqa takrorlanmaydi. Prokuratura bu ikki ishni alohida nazoratga olgan. Bundan tashqari, Respublikadagi barcha bolalar uylari va internatlarda nazorat kuchaytirildi. Rasmiy tekshirishlar boshlandi, deya olmayman, ammo yuqori tashkilotlar bunday muassasalarga e’tiborni kuchaytirishdi»,- deya izoh berdi Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova.
Tashkilot vakilining ta’kidlashicha, tekshiruvlar natijasida bu kabi holatlar aniqlanmagan.
Marg‘ilon va Oqqo‘rg‘ondagi bolalar uylari bo‘yicha tergov ishi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter