Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva mardikor bozoriga bordi

Tanzila Norboyeva mardikor bozoriga bordi

Foto: yuz.uz

Bugun, 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Ishchi guruhi poytaxtimizning Yashnobod tumanida bo‘lib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganib,  aholi bilan bevosita muloqot qildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, T.Norboyeva ushbu tumanlardagi kunlik ishchilar markazi faoliyatiga e’tibor qaratdi. «Qo‘yliq» bozori hududidagi «Mardikor bozori»dagi fuqarolar-ishchilar bilan suhbatlashdi. Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib, murojaatlarini tingladi. Shu yerning o‘zida ular nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring