Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mansabdorlar sud qarorini bajarmasa, jarimalari oshib boradi

Mansabdorlar sud qarorini bajarmasa, jarimalari oshib boradi

Sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish haqidagi qonun loyihasi 2022 yil noyabrgacha ishlab chiqilishi kerak. Bu haqda davlat dasturida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, mansabdor shaxslar ma’muriy sud qarorini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan «oshib boradigan» jarima va boshqa huquqiy choralarni qo‘llash tartibini belgilanadi.

Shuningdek, muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Bundan tashqari, sudlar tomonidan ijro varaqalarini inson omilisiz elektron shaklda yuborish imkonini beruvchi elektron platformani yaratish orqali ushbu jarayon to‘liq raqamlashtiriladi.

Bu orqali ijro jarayonini shaffof tarzda masofadan turib onlayn kuzatib borish imkoni yaratiladi. Sud tomonidan tayinlangan jarimalarni maxsus raqam bo‘yicha to‘lash tizimini soddalashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring