Mahkum o‘ziga jarohat yetkazishi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi
Navoiy viloyatida joylashgan 36-son manzil koloniyasida mahkum o‘z joniga qasd qilishga uringani haqida xabar berilgandi.
Manzil koloniyasi mas’ullari tomonidan Jinoyat kodeksining 164 (Bosqinchilik) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazo o‘tayotgan mahkum U.Jonuzoqovda foydalanish taqiqlangan fotosurat va audio yozuvli telefon apparati borligi aniqlangan.
Mahkum U.Jonuzoqov muqaddam 2 marta intizomiy jazoga tortilganligi, unga yangi tartibbuzarlik sodir qilsa, sud orqali yopiq koloniyaga qaytarilishini bilib, xonadagi pichoqni olib, ikkala qo‘l bilaklari va buyin orqa sohasiga kesma va tilinma jarohatlari yetkazgan.
Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, o‘z yotoq joyiga kiritilganidan so‘ng yonidagi boshqa mahukmlar uni jarohatlarini qo‘l telefoniga rasmga tushirib, uchrashuvga kelgan yaqin qarindoshlariga berib yuborishgan.
Mahkum o‘ziga tan jarohati yetkazganligi holati yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Zarafshon shahar sudi tomonidan mahkum U.B.Jonuzoqovga o‘talmay qolgan jazosining qolgan qismini yopiq turdagi koloniyada o‘tash belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter