Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliy aviaqatnovlar soni keskin oshiriladi

Mahalliy aviaqatnovlar soni keskin oshiriladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimi rivojlantiriladi.

Bu haqda O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida aytiladi.

Qayd etilishicha, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari bo‘yicha uzog‘i bilan 6-7 soatda manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, havo transportini rivojlantirish orqali shaharlararo qatnovlarda aholi mobilligi oshiriladi. Bunda:

- mahalliy tashuvlarda xususiy va loukoster aviakompaniyalar ulushi bosqichma-bosqich 25 foizgacha oshiriladi;
- mahalliy aviaqatnovlar sonini haftasiga 48 tadan 80 taga hamda tutashuvchi qatnovlar soni 4 tadan 8 taga yetkaziladi.
Ijtimoiy talablardan hamda zaruriyatdan kelib chiqqan holda yangi va mavjud mahalliy aviaqatnov yo‘nalishlarini subsidiyalash davom ettiriladi. Hududlardagi har bir aeroportni texnik holatidan kelib chiqib iqtisodiy hisob-kitoblar asosida rivojlantirish konsepsiyasi va har bir aeroport bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqiladi.

Avvalroq ayrim toifadagi o‘qituvchilar oyligi oshirilishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring