Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha kengashlar tuziladi

Mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha kengashlar tuziladi

Mahallalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika, viloyat va tuman (shahar) kengashlari joriy etiladi. Respublika kengashiga Bosh vazir, hududiy kengashlarga esa hokimlar rahbarlik qiladi.

Kengashlar «mahalla yettiligi» qo‘ygan masalalar bo‘yicha har bir tumanning xususiyatidan, mahallalarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib muammolarga yechim topadi, moliyaviy manbalarini aniqlaydi.

Prezident mahalladagi muammoli masalalarga yechim topishda ilmiy asoslangan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.

Mutasaddilarga yangi tizimni yo‘lga qo‘yish, jumladan, mahalladagi muammolarni hal qilishga ilmiy va nodavlat tashkilotlarni ham jalb qilish, ularga alohida grantlar joriy etish, «mahalla yettiligi»ning amalda ishlaydigan aniq vazifalarini belgilash va boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda mas’ullar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Avvalroq mahalla raisiga qator vakolatlar berilishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring