Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Loyihalar fabrikasi»da doimiy ishlaydigan yoshlarga 10 million so‘m maosh beriladi

«Loyihalar fabrikasi»da doimiy ishlaydigan yoshlarga 10 million so‘m maosh beriladi

Xalqaro press-klubning Farg‘onada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan sayyor sessiyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev «Loyihalar fabrikasi» haqida ma’lumot berib o‘tdi.

— Farg‘onalik yoshlarni «Loyihalar fabrikasi»ga jalb qilish, tashabbuskor yoshlarni viloyat hududlari rivojlanishida ishtirokini oshirish maqsadida taklif va dasturlar ishlab chiqildi.

O‘zini «Loyihalar fabrikasi»da doimiy faoliyat yuritishga bag‘ishlagan yoshlarga 10 mln. so‘mdan oylik beriladigan bo‘ldi. Qo‘shimchasiga o‘sha yoshga o‘z loyihasi amalga oshadigan bo‘lsa, undan ham ma’lum bir foiz ajratib beriladi. Davlat rahbari tomonidan shijoatli yoshlarni mahalliy korxonalarga amaliyotlarga yuborish taklif qilindi. Ehtiyoj bo‘lsa xorijiy kompaniyalarga tajriba almashishga yuborish rejalashtirilgan.

Agar Farg‘ona viloyatida qaysidir tumanda qandaydir loyihani amalga oshirish bo‘yicha g‘oyalari, fikrlari bo‘lsa murojaat qilishlari mumkin. Biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va ular bilan ishlaymiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring