Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liliputlar va pakanalar imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin

Liliputlar va pakanalar imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin

Foto: «Zen.yandex.ru»

Bugungi kunda mittilik kasaliga chalingan 42 nafar fuqaro (shundan 17 nafari erkak, 25 nafari ayol) umumiy belgilangan pensiya yoshidan 15 yil oldin imtiyozli pensiya tayinlanib to‘lanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatiga tayanib O‘zA xabar berdi.

Ushbu imtiyozli pensiya to‘lovi O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni bilan belgilab qo‘yilgan. Qonunning 13-moddasiga (liliputlar va pakanalarga pensiyalar) asosan gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar, erkaklar ish staji kamida 20 yil va ayollar ish staji kamida 15 yil bo‘lgan taqdirda umumiy pensiyaga chiqish yoshini 15 yilga qisqartirgan holda imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan (erkaklar — 42 yoshdan, ayollar — 25 yoshdan).

Bunday imtiyozli pensiya olayotgan fuqarolar Toshkent shahrida 9 ta, Buxoro viloyatida 7 ta, Namangan viloyatida 5 ta, Farg‘ona viloyatida 5 ta, Andijon viloyatida 4 ta, Samarqand viloyatida 3 ta, Xorazm viloyatida 3 ta, Surxondaryo viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 1 tani tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring