Kuzgi tushkunlik va kayfiyatsizlikda yordam beruvchi foydali mahsulotlar
Kuz kelishi bilan kuchayib boruvchi stress va xavotirni ayrim oziq-ovqatlar yordamida bartaraf etish mumkin.
Eng oddiy va eng arzon antidepressant mahsulot banan hisoblanadi. U shodlik gormoni deb ataladigan serotonin ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Banan asab tizimini mustahkamlovchi B6 vitaminiga boy. Bu mevani nonushtaga qo‘shish, uni pishirilgan mahsulotlar yoki qahva bilan shirinlik sifatida iste’mol qilish foydalidir.
Uzum sharbati va turli ziravorlar ham kuzgi depressiyani yengishga yordam beradi.
Shuningdek, diyetaga dengiz mahsulotlarini kiritish tavsiya etiladi. Qizil ikra ayniqsa yaxshi.
Ko‘p miqdorda aminokislotalarni o‘z ichiga olgan shokolad tushkunlikda foyda beradi. Tabiiy tarkibga ega qora shokoladni tanlash yaxshidir. Kakao ham umidsizlikni yengishga yordam beradi. Shuningdek, limonli an’anaviy qora choy va asal iste’moli ham foydalidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter