Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuzda tug‘ilgan bolalarda jiddiy kasalliklarga moyillik aniqlandi

Kuzda tug‘ilgan bolalarda jiddiy kasalliklarga moyillik aniqlandi

Foto: «Pixabay.com»

Olimlar kuz faslida dunyoga kelgan go‘daklarda astma, allergiya va kuzgi isitmaga moyillikni aniqlashdi. Bu haqda doktor Jessika Xuey ma’lumotlariga tayanib «Daily Mail» xabar berdi.

U Kolorado shtatidagi tibbiyot markazida ishlaydi. Shifokorning jamoasi «kuzgi» bolalarda bunday xastaliklarga moyillik kuchli bo‘lishini aniqlashdi. Ularni ko‘pincha atopik marsh — allergik reaksiyalar qo‘zg‘ab, jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislar buni bakterial muhit bilan izohlashmoqda.

Olimlarning fikricha, allergiya go‘daklikda, bolaning quruq va yorilgan terisi orqali allergenlar o‘tadigan paytlarda paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda olimlar kuzda bolalarning terisi qanchalik himoyalanganini tekshirishmoqda.

«Agar erta yoshda, ya’ni tug‘ilgan zahoti vaziyatga aralashadigan bo‘lsak, atopik marsh rivojlanishini to‘xtatib qolishimizga yordam beradi», — deb tushuntiradi doktor Jessika.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring