Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun fotosi: Bosh vazir o‘rinbosari Samarqandni velosipedda aylandi

Kun fotosi: Bosh vazir o‘rinbosari Samarqandni velosipedda aylandi

Foto: zarnews.uz

Samarqand shahrida joriy yil 1-noyabr kuni o‘tkaziladigan «Samarkand Half Marathon» (yarimmarafon)ga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Musobaqada dastlab professional sportchilar uchun 21 kilometr masofaga mo‘ljallangan klassik yarimmarafon o‘tkaziladi. Shundan so‘ng boshqa ishtirokchilar, shuningdek, bu yil ilk bor bolalar ham marafonda qatnashadi.

Marafonda qatnashish istagida bo‘lganlar 1-noyabrga qadar yarimmarafonning www.samarkandhalfmarathon.uz saytida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Foto: zarnews.uz

Bugun, 17 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov boshchiligidagi «Samarkand Half Marathon» tashkiliy qo‘mitasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari velosipedda yarimmarafon yo‘nalishini ko‘zdan kechirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring