Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun fotosi: Adiblar xiyobonidagi haykallar almashtirilmoqda

Kun fotosi: Adiblar xiyobonidagi haykallar almashtirilmoqda

Ahmad To‘ra olgan foto

Toshkentdagi Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Aleksandr Faynbergning gipsdan yasalgan haykallari bronzaga almashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati rahbari xabar berdi.

Qayd etilishicha, noyabr oyida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Ibroyim Yusupov singari yozuvchi-shoirlarning gipsdan ishlangan haykallari bronzaga o‘zgartiriladi. O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzodaga esa birato‘la bronzadan haykal o‘rnatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring