Kun davomida uyqusirab yurish og‘ir kasallik belgisi bo‘lishi mumkin
Kun davomida uyqusirab yurish og‘ir kasallikning belgisi — obstruktiv uyqu apnesi sindromi bo‘lishi mumkin. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi Sofiya Cherkasova ma’lum qildi.
«Uyqu apnesi odamning uxlashiga imkon bermaydi, shuning uchun uyquchanlik holati ko‘p kuzatiladi. Odam uxlayotgan paytda vaqti-vaqti bilan nafas olishni to‘xtatadi. Natijada har bir to‘xtash miyaning mikro-uyg‘onishi bilan yakunlanadi», — deya tushuntiradi Cherkasova.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, bunday mikro uyg‘onishlar tungi uyqu vaqtida yuzlab marta sodir bo‘lishi mumkin. Oqibatda odam to‘laqonli uyqudan mahrum bo‘ladi, mikro uyg‘onishlar vaqtida tana va ong tiklanadi.
Agar shunday holatga duch kelgan odam davolanmasa, uyqu apnesi o‘limga ham olib kelishi mumkin. Bu kasallik yurak xuruji va insult xavfini besh baravar oshiradi. Shuningdek avtomobil boshqaruvida uxlab qolish tufayli baxtsiz hodisalar ko‘payishiga ham sabab bo‘ladi. Uyqu apnesi yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelib, o‘lim xavfini oshiradi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, ko‘p uxlash ham hayot uchun xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, depressiv holatlar, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi, gormonlar ishlab chiqarilishining kamayishi bilan kechadigan qalqonsimon bez kasalliklari faollashadi.
Uyqusizlikning aniq sababini bilish uchun shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter