Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kozimjon Komilovning yangi lavozimi ma’lum bo‘ldi

Kozimjon Komilovning yangi lavozimi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov iste’foga chiqarilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu xabar rasman tasdiqlandi.

Davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlari joriy yil 24 avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritgan.

Ushbu nomzodlar:

- Balkibayeva Janagul Ismaylovna;

- Gafurov Askarjon Boyisovich;

- Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;

- Ismaylov Raxat Aminbayevich;

- Raximov Abdumannob Kuziyevich;

- Raxmanov Akmal Ergashevich.

Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o‘z vakolatlariga 24 avgust kunidan boshlab kirishadilar.

Bundan tashqari, Prezident o‘z taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Komilov Kozimjon Fazilovichning nomzodini taklif etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring