Korxona va tashkilotlarda 13 kishi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
AOKAda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda aytilishicha, 2022-yil 1-yarim yilligida sanoat, radiatsiya xavfsizligi talablari va yer osti boyliklaridan foydalanish sohalarida 27 010 ta qoidabuzilish aniqlangan.
22 ta korxonada ishlar vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. 1 521 ta injener-texnik va rahbar xodimlarga 1 mlrd 186 mln 598 000 so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 42 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, afsuski bulardan 13 tasi o‘lim bilan tugagan.
Hududlardagi mavjud jami 143 ta madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan 1879 ta attraksion ko‘zdan kechirildi va ulardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etish holati o‘rganib chiqildi. 574 attraksion vaqtinchalik to‘xtatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter