Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Koronavirus effekti»: O‘zbekiston dorixonalarida niqoblar narxi qimmatladi

«Koronavirus effekti»: O‘zbekiston dorixonalarida niqoblar narxi qimmatladi

O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi O‘zbekiston dorixonalarda sotilayotgan niqoblar narxini o‘rgandi.

Koronavirus bo‘yicha xabarlar tarqalgandan so‘ng niqoblarning narxini avtomatik tarzda ko‘tarilgan.

Toshkent shahrida allaqachon niqob yetishmovchiligi bor, bu 60 foiz dorixonalarni tashkil qiladi. Bori ham 1000 so‘mdan 5000 so‘mgacha.

Toshkent viloyatining 60 foiz dorixonasida 1500-2000 dan so‘mgacha niqoblar sotiladi.

Namangan viloyatining 50 foiz dorixonasida esa 2000 so‘mdan sotilyapti.

Farg‘ona viloyatida esa bu ko‘rsatkich 50 foiz dorixonalarda 1000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Andijon viloyatida deyarli 100 foiz dorixonalarning narxi 1000 dan 1500 so‘mgacha.

Xorazm viloyatida o‘rtacha ko‘rsatkich 1500 so‘m, ammo 70 foiz dorixonalarda niqob yetishmovchiligi mavjud.

Qarshi shahrida esa deyarli 90 foiz dorixonada niqob yo‘q. Bor bo‘lsa ham 1500 so‘mdan.

Navoiy viloyatining 70 foiz dorixonasida umuman niqob yo‘q.

Sirdaryo viloyati: 85-90 foiz dorixonada niqob tugagan, narxi esa 1000 dan 1200 gacha.

Buxoro viloyati dorixonasining 70 foiz dorixonasida 1.500 dan 2000 gacha niqoblar sotilmoqda, 30 foizida esa 1000 so‘mdan sotilmoqda.

Jizzax viloyatidagi niqoblar narxi 500 dan 5000 so‘mgacha.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring