Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkablashgani qayd etildi

Koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkablashgani qayd etildi

2022-yil 8 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200 341 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma’lumot berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 14 tasi – Andijon viloyati, 7 tasi – Buxoro viloyati, 15 tasi – Jizzax viloyati, 4 tasi – Navoiy viloyati, 6 tasi – Namangan viloyati, 42 tasi – Samarqand viloyati, 6 tasi – Sirdaryo viloyati, 1 tasi –Surxondaryo viloyati, 7 tasi – Farg‘ona viloyati, 16 tasi – Xorazm viloyati, 56 tasi – Toshkent viloyati, 19tasi – Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kun davomida 121 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197073 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring