Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasi tadbirkorlikka beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda tadbirkorlik mavzusida selektor o‘tkazmoqda. Yig‘ilish davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasini xatlovdan o‘tkazib, tadbirkorlikka ajratish masalasi ko‘rildi.
Binolar yerto‘lasi tikuvchilik, maishiy texnika, poyabzal ta’mirlash va kompyuter xizmatlari kabi faoliyat turlari uchun beriladi. Buning uchun hukumat tomonidan bir oy muddatda yerto‘lalardan foydalanishdagi cheklovlarni qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter