Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyamiz Brayl alifbosida chop etildi

Konstitutsiyamiz Brayl alifbosida chop etildi

Foto: «Norma.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi bayrami arafasida mamlakatimizda Asosiy qonunimiz Brayl alifbosida kitob holida nashrdan chiqdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu rasmiy nashr Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi tomonidan chop etildi. Bu ezgu ishda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi yaqindan yordam berdi.

Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri imkoniyati cheklangan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni ta’minlash hisoblanadi.

Brayl alifbosida chop etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» rasmiy nashri yurtimizdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring