Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuter o‘yinlari: shu kungacha yomonotliq bo‘lib kelgan matohning foydali tomoni chiqib qoldi

Kompyuter o‘yinlari: shu kungacha yomonotliq bo‘lib kelgan matohning foydali tomoni chiqib qoldi

Hech nima bilan shug‘ullanmagan uchinchi guruh ishtirokchilarida esa gippokampda kulrang moddalar konsentratsiyasining pasaygani ma’lum bo‘ldi.

Foto: «Shutterstock.com» / Ruslan Guzov

Monreal universitetining psixologlari kompyuter o‘yinlari keksalarning miya faoliyatini yaxshilaydi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijasida aniq bo‘ldiki, 3D-videoo‘yinlar keksa yoshdagi kishilardagi gippokamp va orqa miyada kulrang modda miqdorini oshiradi.

Gippokamp miya qismlaridan biri hisoblanib, eng muhim xotira vazifalarini bajaradi. Olimlar gippokampda kulrang moddalar konsentratsiyasining pastligi asab va ruhiyat bilan bog‘liq kasalliklarga, masalan, alsgeymer xastaligiga olib kelishini ta’kidlashdi.

Tadqiqotda 55 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan qariyalar ishtirok etishdi. Avvaliga ularda ruhiy kasalliklar, miya faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarning bor-yo‘qligi tekshirildi.

Tajriba ishtirokchilari 3 guruhga bo‘lindi: birinchi qismi, to‘xtovsiz 3D-videoo‘yinlardan biri «Super Mario-64»ni o‘ynashlari, ikkinchi qism ishtirokchilari esa fortepyano bo‘yicha dars olishlari, uchinchi qism ishtirokchilari hech nima bilan shug‘ullanmasliklari kerak edi. Shu bilan birga bundan avval ular videoo‘yinlar o‘ynamagan, musiqiy asbobni chalmagan bo‘lishlari muhim edi.

Yarim yilga cho‘zilgan tajriba natijasida videoo‘yin o‘ynagan va pianino chalgan ishtirokchilarning gippokampidagina kulrang moddalar konsentratsiyasining oshgani aniqlandi.

Hech nima bilan shug‘ullanmagan uchinchi guruh ishtirokchilarida esa gippokampda kulrang moddalar konsentratsiyasining pasaygani ma’lum bo‘ldi.

Albatta, kompyuter o‘yinlarining qanchalik foydali jihati bo‘lsa, salbiy tomonlari ham yo‘q emas. Masalan, kompyuter o‘yinlari keksa yoshdagilarning miyasiga foydali bo‘lsa-da, ko‘rish qobiliyatlariga zarar yetkazadi. Shu bois, har bir buyumdan me’yorda foydalanish maqsadga muvofiq. Shundagina ortiqcha zararning oldi olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring