Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kommunal xizmatlardan qarzdor shaxslar qator davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi

Kommunal xizmatlardan qarzdor shaxslar qator davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi qarori bilan elektr energiyasi, tabiy gaz yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari hamda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik tekshirilgandan sodir etiladigan yirik bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Endilikda quyidagi ruyxatga kiritilgan xizmatlar Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasida qarzorlik aniqlanmagan taqdirdagina ko‘rsatiladi:

— ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar);

— avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar);

— yangi avtomotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari bo‘yicha sotish;

— ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi kadastr ishlarini tayyorlash;
avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

— avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish.

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik aniqlangan taqdirda, bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar ko‘rsatayotgan tashkilotlar qarzdorga Byuro ma’lumotlar bazasidan olingan tegishli ko‘chirma nusxani taqdim qilgan holda bitimni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishni rad etadi.

Yetkazib berilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlikni tekshirish jismoniy shaxslarga – ko‘chmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga va qarzdor – ko‘chmas mulk mulkdorining turar joy manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, qabul qilingan qaror bilan Byuroga jismoniy shaxslarning yetkazib berilgan energiya resurslari, suv chiqarish xizmatlari, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashning qo‘shimcha shakllari, fuqarolarning qarzdorlik mavjudligi va uni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan, shu jumladan, «SMS» xabarlar va «USSD» so‘rovlardan foydalangan holda to‘lash tartibi to‘g‘risida xabardor qilish shakllarini joriy etish huquqi berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring