Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva Avstriyada YeXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva Avstriyada YeXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Foto: AOKA matbuot xizmati

Bugun, 25-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jamoasi va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

«Muloqot davomida O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdik. O‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan ikki tomonlama aloqalar hamda manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik», dedi AOKA rahbari Komil Allamjonov.

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvda janob Greminger yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlardan xabardor ekanligini hamda YeXHT bu islohotlarga nisbatan yuqori baho berishini qayd etdi.

Shu bilan birga, YeXHT Bosh kotibi o‘z so‘zida jurnalistlar ham so‘z mas’uliyati va jurnalistika etikasi hamda qonun-qoidalariga rioya etishi lozimligini ta’kidladi.

Tomas Greminger O‘zbekistonda chet el axborot resurslariga kirish imkoniyati berilganini yuqori baholadi. U yurtimizdagi ochiqlik siyosati davom etishiga umid bildirar ekan, YeXHT barcha yo‘nalishda O‘zbekistonning ishonchli hamkori bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring