Kogon shahriga yangi hokim tayinlandi

Kecha, 7-fevral kuni Buxoro viloyati Kogon shahar hokimligida xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirok etdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, kengash yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu paytga qadar Buxoro viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Hoshimov Hakim Isayevich Kogon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Hakim Hoshimov 1963-yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1985-yil Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-geodezist.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter