Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kobra» usulida shturm. Navoiyda kuchishlatar bo‘linmalar maxsus topshiriqni bajarishdi (foto)

«Kobra» usulida shturm. Navoiyda kuchishlatar bo‘linmalar maxsus topshiriqni bajarishdi (foto)

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

23-24-iyul kunlari ilk marotaba Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizonida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda tungi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarligida o‘tkazilgan tungi amaliy mashg‘ulotlarda Navoiy shahri xavfsizligi uchun mas’ul vazirliklarning maxsus va tezkor bo‘linmalari jalb etildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Dastlab DXX va Ichki ishlar vazirligi tezkor bo‘linmasi tomonidan kechki soat chamasi 20.15 da noqonuniy qurollangan kichik guruh Navoiy shahri markaziy ko‘chalaridan Beruniy ko‘chasiga tomon yengil mashinada harakatlanib, «Keran zit» ishlab chiqarish zavodi binosiga joylashgani ma’lum qilindi. Shu bilan birga qurolli kimsalar qaysi chegara hududidan o‘tganligi, shaxsi va tayyorgarligi haqida tezkor ma’lumotlar aniqlandi. Binoga xavfsiz kirish yo‘llari razvedka qilindi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tez fursatda Mudofaa, Ishchi ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tarkibidan yig‘ma maxsus otryad tuzildi. Ular 3 guruhga bo‘linib harakatlanishi kelishib olindi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Maxsus bo‘linma shaxsiy tarkibi tezkor vazifalarga kirishdi. «Tigr» nomli yengil zirhlangan texnikalar, zamonaviy qurollar, mo‘ljal ko‘rsatuvchi lazer, teplovizor vositasi (ya’ni inson tanasidan chiqayotgan issiqlikka qarab, binoda qancha odam joylashganini ko‘rsatuvchi moslama), har bir harbiy xizmatchi harakatini onlayn tarzda uzatib turadigan moslama, qurollarga o‘rnatilgan maxsus tungi optik asboblar shay holatga keltirildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Maxsus yig‘ma otryad taqib qilinayotgan guruhga dastlab kelishuv yo‘li taklif qilindi. Rad etilgach, «Kobra» usulida shturm qilinishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ya’ni binoning tepa qismidan maxsus uchlik hamda yon va pastki qismidan qurshovga olish guruhi harakatlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar o‘rtada qo‘lga olinadi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Qo‘mondonlik tomonidan maxsus operatsiyani kuzatish uchun bino yaqinida maxsus joy jihozlandi.

Mazkur amaliy o‘quvda Ichki ishlar vazirligi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shartli dushmanni tezkor qo‘lga olish bo‘yicha alohida jonbozlik ko‘rsatdi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

24 iyul kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni tomonidan Kuchishlatar tuzilmalar rahbarlari bilan tungi mashg‘ulot yakuni o‘tkazildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va yutuqlar e’tirof etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring