Kiyevdagi «Moskva» ko‘prigi nomi o‘zgartirildi
Kiyev shahar kengashi «Moskva» ko‘prigi nomini «Shimoliy» deb o‘zgartirdi. Shuningdek, ko‘plab ko‘chalar nomi ham almashtirildi, deb xabar beradi «RIA Novosti» agentligi.
«Kiyev shahar deputatlar kengashi «Moska» ko‘prigi nomini «Shimoliy» deb o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasini ma’qulladi» deyiladi xabarda.
Ta’kidlanganidek, shahar kengashi Kiyevning qator ko‘cha va yo‘llari nomini o‘zgartirdi. Masalan, «Anri Barbyusse» ko‘chasi «Vasiliy Tyutyunnik», «Kirovogradskaya» ko‘chasi «Vladimir Brojka» nomiga o‘zgartirildi. Shu bilan birga «Vanda Vasilevskaya» ko‘chasi ukrainalik mashhur iqtisodchi «Bogdan Gavrilishin» sharafiga nomlandi.
Shuningdek, Kiyev shahar deputatlar kengashi «Drujba narodov» bog‘ini «Muromets» nomi bilan qayta nomlashga ovoz berishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter