Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyevda «Rossotrudnichestvo» binosiga hujum qilindi

Kiyevda «Rossotrudnichestvo» binosiga hujum qilindi

Foto: «RIA Novosti»

Kiyevda millatchilik kayfiyatidagi bir guruh kishilar shanba kuni «Rossotrudnichestvo» binosiga tosh va tuxum otib hujum uyushtirdilar. Bu haqida «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra ular bir necha o‘n kishi bo‘lgan. «Rossotrudnichestvo»ga kelishda «Sberbank»ning Ukrainadagi bo‘limiga ham hujum qilishgan, Sagaydachniy ko‘chasidagi «Alfa-bank» derazalariga ziyon yetkazib, Mustaqillik maydoni tomon yo‘nalganlar.

Ushbu binolar atrofida politsiyachilar navbatchilik qilishgan, lekin bezorilarga qarshilik ko‘rsatmaganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring