Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kechasi derazani ochib uxlash zarar: mutaxassislar bayonot berishdi

Kechasi derazani ochib uxlash zarar: mutaxassislar bayonot berishdi

Maynsdagi Iogannes Gutenberg universiteti olimlari tunda derazalarni ochish odamning uyqusini buzishi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligini aniqladi.

Tadqiqot Noise & Health jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilar ko‘chadan kelayotgan tungi shovqinlar va yurak-qon tomir kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, deraza ochiq bo‘lsa, odam qulog‘i tush orqali ko‘cha shovqini va tirbandlik tovushlarini qabul qiladi va organizm uzoq muddatda xolesterin va qon bosimini oshiradigan stress gormonlarini chiqarish orqali javob beradi.

Bu instinkt bizga uzoq ajdodlardan kelgan, ular tungi tovushlarni xavf belgisi sifatida qabul qilgan va qorong‘uda ularning tanasi eng kichik shovqindan darhol «jangovar tayyorgarlik»ka kelgan.

Mutaxassislar tungi shovqinning tanaga ta’sirini kamaytirish va sog‘liq uchun mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun uyqu vaqtida ayniqsa shaharlarda derazalarni yopib yotishni maslahat berishdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring