Kattaqo‘rg‘onda noma’lum zaharlanishdan bir oilaning uch farzandi halok bo‘ldi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani «Go‘zal» mahalla fuqarolar yig‘ini Qozoqovul qishlog‘ida bir oilaning besh nafar a’zosi kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan zaharlanish oqibatida jabrlangan, oilaning uch farzandi vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, Kun.uz xabar berdi.
Noma’lum etiologiyali zaharlanish bilan zararlangan oilaning voyaga yetmagan uch nafar a’zosi — ikki nafar qiz, bir nafar o‘g‘il bola — S.P. (o‘g‘il bola, 8 yosh), M.P. (qiz bola, 4 yosh), Sh.P. (qiz bola, 2 yoshga to‘lmagan) voqea sodir bo‘lgan paytda vafot etgan. Oila boshliqlarining (D.J. 34 yoshda, oila bekasi S.J. 28 yoshda) ahvoli esa og‘ir.
Qayd etilishicha, hozirda tegishli organlar tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Barcha tafsilotlar ochiqlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter