«Kartoshka masalasi»: Xorazmda narxni asossiz ravishda oshirib savdo qilayotganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Xiva tumanida yashovchi fuqaro D.S., tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan «Gulshan Dehqon Bozori» MChJ xududida fuqaro X.R.ga 2 turdagi kartoshka mahsulotining har bir kilogrammini 4800 va 5500 so‘mdan xisoblab, jami 3600 kilogramm kartoshkani 17.400.000 so‘mga sotishga kelishib, oldindan evaziga 2.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu fuqarodan noqonuniy sotishga mo‘ljallangan 14.063.000 so‘mlik 4018 kilogramm kartoshka mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Noqonuniy sotuvga chiqirilgan kartoshka mahsulotlari departament organlari tomonidan arzon narxlarda chekka hududlarda tashkil etilgan ko‘chma savdo bozorlarida sotilishi ta’minlandi, deyiladi departament xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter