Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin payti yashirin saboq olgan 23 nafar o‘quvchi koronavirusga test topshirdi va uy karantiniga olindi

Karantin payti yashirin saboq olgan 23 nafar o‘quvchi koronavirusga test topshirdi va uy karantiniga olindi

Illyustrativ foto

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ikki nafar o‘qituvchi karantin paytida 23 nafar o‘quvchiga yashirin tarzda tahsil bergani aniqlandi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Mazkur holat tuman huquq-tartibot idoralari hamda viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat boshqarmasi tuman bo‘limi inspektorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘lgan.

Viloyatning Shofirkon tumani «qizil» hudud toifasiga kiritilganiga qaramasdan, 48 yoshli Q.A. shu tumanning «Chandir» qishlog‘ida yashovchi 45 yoshli M.F.ning yashash manzilida karantin qoidalarini buzib, noqonuniy tarzda o‘quvchilarni to‘plagan holda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazgan.

Tadbir davomida M.F.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, o‘quv darsliklar, test varaqalari hamda boshqa o‘quv qurollari mavjudligi aniqlangan.

«Oliy ma’lumotli bo‘lsa-da, hech qayerda ishlamaydigan bu fuqarolar karantin qoidalarini buzgan holda tibbiy vositalar bilan himoyalanmagan o‘quvchilarga fanlardan test tarqatib, uyga vazifa bergan holda ularni tarqatib yubormoqchi bo‘lishganini aytdi. Yoshlarga ta’lim berish yaxshi, biroq «qizil» hudud hisoblangan manzilda koronavirusga qarshi jiddiy kurash ketayotgan bir paytda bu fuqarolarning xatti-harakatlari qonunga zid ekanligini unutmasligimiz lozim», — deydi huquq-tartibot idorasi vakili.

O‘quvchilarga dars o‘tib kelgan fuqarolarga huquq va burchlari tushuntirilgan. 23 nafar o‘quvchi esa uy karantiniga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring