Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastrlar palatasi muhandisi va soxta kadastr xodimi qo‘lga olindi

Kadastrlar palatasi muhandisi va soxta kadastr xodimi qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan muhandis va soxta kadastr xodimi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi O‘.N. fuqaro A.Ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 800 AQSh dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini go‘yoki Qumqo‘rg‘on tumani kadastr bo‘limi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro X.P.ning ishonchiga kirib, uning Qumqo‘rg‘on tumani “Mexrabod” mahallasida joylashgan uy-joying kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 11 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring