Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva, Rustam Qosimov va Qudratilla Rafiqov ishtirok etgan yig‘ilishdan jurnalistlar chiqarib yuborildi. Jurnalistlarga bosim ham bo‘lgan

Tanzila Norboyeva, Rustam Qosimov va Qudratilla Rafiqov ishtirok etgan yig‘ilishdan jurnalistlar chiqarib yuborildi. Jurnalistlarga bosim ham bo‘lgan

Foto: «Kun.uz»

9-mart kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasi majlislar zalida Ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida jurnalistlar majlis boshlangandan chamasi bir yarim soat o‘tib tadbirdan chiqarib yuborilgan.

Kun.uz nashriga ko‘ra, MY5 telekanali muxbiri Yulduz Olimova yuzaga kelgan holatni quyidagicha bayon qilib bergan:

«Respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda davlat rahbari tomonidan 6 mart kuni belgilangan vazifalar, uning ijrosi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan axborotlar tinglanishi ko‘zlangan edi. 1 750 nafar ishtirokchi uchun o‘tkazilayotgan videoselektorda respublika maxsus komissiyasi a’zolari — senat raisi Tanzila Norboyeva, prezident maslahatchisi Rustam Qosimov va federatsiya raisi Qudratilla Rafiqov ishtirok etdi. Hududlar kesimida olib borilayotgan ishlar yuzasidan odatiy hisobot ma’ruzalari bilan boshlangan tadbir endigina prezidiumdagilarning g‘ashiga tegib, konkret javoblar talab qilingan bir paytda, federatsiya raisi tomonidan Farhod Mahmudov orqali OAV vakillarining chiqib ketishi so‘raldi.

Eng qizig‘i, majlislar zalidan chiqqan jurnalistlar oldiga uyushma matbuot xizmati rahbari kelib, material efirga berilishi oldidan ularga ko‘rsatilib, ruxsat olish kerakligini uqtirdi. Shaxsan men bu taklifga rozi emasligim va bor ma’lumotni xalqqa xolis yetkazishim, bu jarayonga ularning aralashuvi noto‘g‘ri ekanini tushuntirishga kirishdim. Shundan so‘ng, matbuot kotibi tadbir tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Senat axborot xizmati xodimlari yoniga kelib, MY5, «Sevimli», «Daryo.uz» va «Xalq so‘zi» muxbirlarini ular faoliyat yurituvchi tashkilot rahbarlariga chiqib, tiyib qo‘yishlarini so‘radi. Bunisi endi juda oshib tushdi», – degan telejurnalist.

«Daryo.uz» muxbiri Mirolim Isajonov ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan va «Feysbuk»dagi sahifasi orqali Kasaba uyushmalari federatsiyasi katta majlislar zalida Ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida jurnalistlar majlis boshlangandan chamasi bir yarim soat o‘tib tadbirdan chiqarib yuborilgani hamda bunga aniq izoh berilmagani haqida yozib qoldirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring