Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar Muratov va Ressa Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi

Jurnalistlar Muratov va Ressa Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi

Foto: «TASS/Sergey Bobilev»

Rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov, «Novaya gazeta» bosh muharriri va filippinlik jurnalist Mariya Ressa 2021-yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining medal va diplomlari bilan taqdirlanishdi. Marosim 10-dekabr kuni Norvegiya poytaxti shahar ratushasida bo‘lib o‘tdi hamda mukofotning YouTube videoxostingidagi rasmiy kanalida namoyish etildi.

Muratov va Ress 8-oktyabr kuni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanishga qaror qilingandi.

Dmitriy Muratov — rossiyalik jurnalist, teleboshlovchi, «Novaya gazeta» asoschilaridan biri va bosh muharriri. U Rossiya Federatsiyasi tarixida birinchi bo‘lib Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Sobiq Ittifoq davrida u huquq himoyachisi Andrey Saxarov va SSSRning birinchi prezidenti Mixail Gorbachyovga topshirilgan.

Mariya Ressa — jurnalist va yozuvchi, yangiliklari va tekshiruvlar yoritiladigan Rappler sayti hammuassisi hisoblanadi. U taxminan 20 yil davomida Janubi-Sharqiy Osiyoda yetakchi tadqiqotchi muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangani uchun Muratovni tabrikladi. Rossiya rahbari jurnalistning Nobel mukofotini xayriya ishlariga, jumladan, bolalar xospisiga bag‘ishlagani haqidagi so‘zlariga e’tibor qaratdi. 2021-yilda laureatlar 10 million shved kroni (taxminan 12 milliard so‘m) oladi.

Bu yilgi Nobel mukofotlari qanday topshirilishi kelishib olingani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring