Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sudi nima uchun qoldirilgani ma’lum bo‘ldi

Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sudi nima uchun qoldirilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Facebook» / Bobomurod Abdulla

Jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning jinoiy sheriklari sifatida gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirilgani va sud bugun bo‘lib o‘tishi lozimligi haqida xabar bergan edik.

Biroq sud majlisi 7-mart kuniga qoldirilgan. Jurnalist va uning ishi doirasida sudlanayotgan Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev sudi chorshanba kuni soat 14:00da boshlanadi.

Bobomurod Abdallayevning turmush o‘rtog‘i Katya Balxibayevaning aytishicha, sud majlisining qoldirilishiga prokuror kelmagani sabab bo‘lgan. Toshkent shahar prokuraturasi bilan esa bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Jinoyat ishi Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida sud tarkibi va xalq maslahatchilari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring