Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yildan boshlab hokimlardan paxta rejasini to‘ldirish talab qilinmaydi

Joriy yildan boshlab hokimlardan paxta rejasini to‘ldirish talab qilinmaydi

Foto: Sof.uz

Joriy yilgi paxta terimi mavsumini 400 dan ortiq inspektor va 200 nafar yordamchi kuzatib boradi. Shuningdek, jarayonlarda inson huquqlarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar ham qatnashadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurashishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodir Yoqubov joriy yildan boshlab hokimlardan rejani to‘ldirish so‘ralmaydi. Monitoring yerga egalik shaklidan qat’iy nazar, xususiy klaster hududi bo‘ladimi yoki fermer tomonidan ijaraga berilgan davlat yerlari bo‘ladimi amalga oshiriladi.

«Mehnat qonunchiligi mamlakatning barcha hududiga tegishli. O‘ylashimcha, xususiy hududlarga kirishda muammo bo‘lmaydi, chunki bizda hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘lib, u har qanday tashkilotni to‘liq monitoring qilish imkonini beradi», — deydi Nodir Yoqubov.

Majburiy mehnat va huquq himoyachilarining maydonga qo‘yilmasligini oldini olish uchun 1176 raqami bo‘yicha «ishonch telefoni» ishga tushirilgan. Huquq inspektorlarining tezkor javobi uchun veb-sayt va Telegram bot ham ishlaydi.

Xalqaro mehnat tashkilotining bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrupning ta’kidlashicha, 2018 yilda o‘tkazilgan monitoring majburiy mehnatning sezilarli darajada kamayishiga olib kelgan. Shunga qaramay ayrim joylarda majburiy mehnat holatlari kuzatilmoqda.

Nodir Yoqubovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari kuzatilgan. «Vazirligimiz tomonidan Mudofaa vazirligiga majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantiruv xati yuborilgan. Biz har bir holatni ko‘rib chiqqanmiz, bu duch kelingan yagona holat edi. Ma’muriy jazolarga kelsak, ular harbiy xizmatchilar bo‘lganligi sabab biz ularni javobgarlikka torta olmaymiz», — deydi vazir o‘rinbosari.

Nodir Yoqubovning aytishicha, 12 sentyabr kuni harbiy ta’lim muassasalari va ularning bo‘limlariga ham shu turdagi ogohlantirish yuborilgan.

«Xalqaro mehnat tashkilotining prinsiplariga ko‘ra, majburiy mehnat — bu o‘zi xohlamasa ham mavjud tahdid ostida ishlash. Agarda odam o‘zining mustaqil vaqtida paxta termoqchi bo‘lsa, bu XMT konvensiyasining buzilishi emas. Maydonlarda o‘qituvchi yoki hamshiraga duch kelib qolsangiz, bu o‘z-o‘zidan majburiy mehnat fakti bo‘lmaydi. Buning uchun qo‘shimcha savollar berib, oydinlik kiritib olish lozim», — deydi Yonas Astrup.

Nodir Yoqubovning qo‘shimcha qilishicha, paxta terish bu qo‘shimcha daromad hisoblanadi. Hozirda ixtiyoriy paxta terish uchun odamlarni jalb qilishga reklama kampaniyasi boshlab yuborilgan.

Joriy yilda tarif stavkasi qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mni, ikkinchi bosqichda 1200 so‘mni tashkil etadi. O‘tgan yili ushbu summa 650 so‘mni tashkil etgan edi.o‘

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring