Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: 2020–2022-yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining joriy yilda bajarilishi sarhisob qilindi (foto)

«O‘zbekneftgaz»: 2020–2022-yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining joriy yilda bajarilishi sarhisob qilindi (foto)

2022-yil 31 mart kuni  «O‘zbekneftgaz»  AJ ma’muriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2020-2022 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi  bo‘yicha mehnat jamoasining Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Ta’kidlash joizki, ushbu ichki me’yoriy hujjat ish beruvchi va jamiyat hamda boshqarmalar xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, mehnatkashlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan, ahloqiy me’yorlar, mehnat intizomi, ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarni himoya qilishni ta’minlaydigan hujjatdir.

Konferensiyada «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari Rustam Sherov, O‘zbekiston energetika, neft va gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari G‘afurjon Hamidov va mehnat jamoasining vakili sifatida Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Bahodir Muratov hamda jamiyat departamentlar, bo‘limlar va boshqarmalardan  saylangan delegatlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda dastlab «O‘zbekneftgaz» AJ jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchi tomonidan vakil «O‘zbekneftgaz» AJ Tashkiliy rivojlantirish va personalni rag‘batlantirish bo‘limi boshlig‘i D.Narsidikov va mehnat jamoasidan vakil Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Muratovlarning hisobot ma’ruzalari tinglandi.

Shundan so‘ng jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishini tekshiruv dalolatnomasi va jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Delegatlar tomonidan berilgan barcha savollarga asosli ravishda batafsil javoblar berildi.

Muzokara va muhokamalarda delegatlar «O‘zbekneftgaz» AJ jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishini qoniqarli deb baho berishdi va jamoa shartnomasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar ma’qullandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring