Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo‘rabek Ahmedov Bo‘stonliq tumani hokimi etib tayinlandi

Jo‘rabek Ahmedov Bo‘stonliq tumani hokimi etib tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, unda Bo‘stonliq tuman hokimi lavozimiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Investitsiyalarni jalb qilish va turizm infrastruturasini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Jo‘rabek Ilhomovich Ahmedovning nomzodi ko‘rsatildi va deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Muhokamalardan so‘ng, J.Ahmedov Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring