Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Foto: «Uza.uz»

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferens aloqa shaklida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumat a’zolari, tegishli soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida dastlab «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirda) loyihasi ko‘rib chiqilib, bu bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesning Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mita raisi Z.Reymova ma’ruza qildi.

So‘ng «Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni loyihasi haqida»gi, «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijrosi bo‘yicha Vazirlar Kengashining hisoboti to‘g‘risida»gi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, «Shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reyting baholash ko‘rsatkichlari, amaliy chora-tadbirlar rejalari hamda bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hisoboti to‘g‘risida»gi, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Kengashining hamda shahar, tuman hokimlarining hisobotlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy vakilining 2021-yil birinchi choragi davomida olib borgan ishlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida»gi, «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosarini saylash to‘g‘risida»gi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring