Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax va Farg‘onadagi tumanlarga rahbarlar tayinlandi

Jizzax va Farg‘onadagi tumanlarga rahbarlar tayinlandi

Aziz Ergashev Baxmal tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovgacha Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.

G‘anijon Soliyev Bag‘dod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovgacha hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Avvalgi hokim Yusufjon Xusainov 8-fevralda lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Chust tumaniga ham yangi hokim tasdiqlandi. Shuningdek, Navoiy viloyati hokimiga ham o‘rinbosar tayinlandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring