Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi oshirilmoqda

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi oshirilmoqda

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi o‘n uch yoshdan o‘n to‘rt yoshga ko‘tarilmoqda. Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritishga doir ushbu mazmundagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6275-son Farmoni muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshi o‘n to‘rt yosh qilib belgilash taklif etilgan edi.

Horij mamlakatlar, xususan Germaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya va MDH mamlakatlari jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi sifatida o‘n to‘rt hisoblanadi.

Mazkur o‘zgarishlar insonparvarlik yo‘lidagi yana bir qadam, deyish mumkin, deb yozadi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring