Jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalar uchun bayram tashkil etildi
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jazoni ijro etish bo‘limi 21-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollar uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik B.Adilov va IIV Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi qo‘mondoni general-mayor D.Pan ishtirok etib, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollarni bayram bilan qutlashgan. IIV Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi qoshidagi estrada ansambli xonandalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, mahkuma ayollarning ko‘ngliga bir dam bo‘lsa-da xushnudlik baxsh etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter