Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Javobgarlikdan qochish uchun televizorlarni mashinadan uloqtirdi (foto)

Javobgarlikdan qochish uchun televizorlarni mashinadan uloqtirdi (foto)

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan 15-noyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «Vodil-Farg‘ona» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.I boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Bu paytda haydovchi boshi berk ko‘chaga kirib qolgani uchun javobgarlikdan qochish maqsadida mashinaga ortilgan yuklarni tashqariga uloqtira boshlagan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 12 dona «LED TV» nomli 32 dyumli  televizorlarni avtomashinasiga yuklab olib ketayotganligi aniqlandi. Mazkur televizorlarning umumiy qiymati 13,2 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shasxlar endilikda shaxsiy foydalanish maqsadidagi televizorlarni 6 kalendar oyida 1 marotaba olib kirishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring