Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat transportidagi tegajoqlikka qarshi loyiha boshlandi

Jamoat transportidagi tegajoqlikka qarshi loyiha boshlandi

Foto: Xabar.uz

Toshkentda jamoat transportlarida fuqarolarga nisbatan tegajog‘lik xolatlarining oldini olishga qaratilgan maxsus loyiha boshlandi. 

Ma’lum qilinishicha, avgustda aholi orasida jamoat transportida tegajog‘lik qilish holatlari yuzasidan maxsus so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomada 100 ga yaqin respondent ishtirok etgan. Ularning 77,5 foizini ayollar, 22,5 foizini erkaklar tashkil qilgan.

So‘rovnoma xulosasiga ko‘ra, 12,5 foiz ovoz doimiy ravishda, 40 foizi esa bir yoki ikki marta jamoat transportida shu kabi holatlarga duch kelgani aytilgan. Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada qatnashganlarning 60 foizi tegajaklik holatiga duch kelgan. Ularga mazkur holatda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida savol berilgan.

Respondentlarning 51 foizi qanday yo‘l tutishni bilmasligini aytgan. «Nega jabrlanuvchilar yordam so‘rashga harakat qilmaydi?» degan savolga quyidagi javoblar berilgan:

- uzimni qanday tutishni bilmayman — 49 foiz;
- aybdorning jazolanishiga ishonmayman — 22 foiz;
- aybdorlik va uyat hissi — 19,5 foiz;
- aybdordan qo‘rqish hissi — 8,5 foiz.

Shunga qaramay, so‘rovnoma ishtirokchilarining 87 foizi bu muammoni juda dolzarb baholagan. 93 foiz ishtirokchi zo‘ravonlikning oldini olish uchun ishlatiladigan chora-tadbir haqida tushunchaga ega emasligini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring