Jahongir Ortiqxo‘jayev Chelyabinsk gubernatori bilan uchrashdi
Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy o‘z delegatsiya a’zolari bilan Toshkent shahar hokimligi qabulida bo‘lishdi. Mehmonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va qurilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Delegatsiya vakillari dastlab Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutibxonasida bo‘ldilar va u yerdagi nodir qo‘lyozmalar, kitoblar bilan tanishdi. Yosh kitobxonlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, bu borada o‘zaro hamkorlik qilish taklifini bildirishdi.
Shuningdek, Ma’rifat markazida Chelyabinsk viloyati Gubernatori hamda Toshkent shahar hokimi o‘rtasida o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida Chelyabinsk viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqish va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, Boris Dubrovskiy Toshkent shahrining rivojlanib borayotgani haqida gapirar ekan, ikki tomonlama hamkorlik chog‘ida qurilish materiallari (og‘ir vaznli yuk ko‘taruvchi kranlar, sement, qurilishda ishlatiladigan temir mahsulotlarini) yetkazib berish va Toshkent-Chelyabinsk aviareysini tashkil qilish borasida so‘z yuritdi.
Xususan, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalarda ham bu borada kelishuvlar borligi va aynan Toshkent shahridagi bir qator bunyodkorlik ishlarida bu ancha qo‘l kelayotgani haqida fikr bildirildi. Qo‘shimcha qilib Toshkent shahrida oxirgi o‘n yillikda bo‘lmaganini, poytaxt chiroy ochib juda go‘zallashib ketganini havas bilan gapirib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter