Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i O‘zbekistonga kirib keldi

Jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i O‘zbekistonga kirib keldi

«Baskin Robbins» – jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i hamda muzqaymoq turlari bo‘yicha jahonda yetakchi sanaladi. Jahonning 50 ta mamlakatida 7 000 dan ortiq «Baskin Robbins» kafelari mavjud.

Ushbu nomdor kafe tarmog‘i O‘zbekistonda ham ochildi. Taqdimot marosimi joriy yilning 29-dekabr kuni «Samarqand Darvoza» ko‘ngilochar savdo markazida bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda tashrif buyuruvchilarga «Baskin Robbins» muzqaymog‘ining klassik va 2018-yilda chiqarilgan yangi turlari taklif etildi. Ular qatorida 30 turdan ortiq qaymoqli muzqaymoq, shakarsiz muzqaymoq, sorbetlar, sharbatlar, muzlar, shuningdek shirinliklar, sutli kokteyllar va pishiriqlar o‘rin oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring