Izboskanda sayyor sud majlislarida 13 ta muammo hal etildi
Izboskan tumanida viloyatdagi sayyor sud majlislari 4 ta sud raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sud raisi V.M.Nazarov, Andijon viloyati ma’muriy sudi raisi O.T.Mirzamaxmudov, Andijon viloyati Iqtisodiy sudi raisi A.X.Shukurullayev, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud raisi J.Karaboyevlar tomonidan amalga oshirildi shundan 13tasi qanoatlantirib murojaatchilarga tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi.
J.Qobilov o‘g‘li A.Azimov sodir etgan qilmishi uchun ozodlikdan mahrum qilingan, hozirda qamoq jazosidan tegishli tartibda ozod qilinib, ahloq tuzatish ishlarida jazosini o‘tamoqda. U shu jazodan muddatidan ilgari ozod qilishni, o‘g‘li Koreyaga borib ishlashi kerakligini aytib, murojaat qilgan.
Sayyor qabul davomida umumiy 45 ta murojaat kelib tushdi, shundan 12ta jinoyat ishlari, 5 ta ma’muriy ish bo‘yicha, 4ta iqtisodiy ishlar, 12 fuqarolik ishlari, 12ta boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Yuldashev Oybek va Umarov Nodirbeklar bobosi vafot etganligi, lekin o‘lim guvohnomasi yo‘qligi uchun, yordam so‘rab qilgan murojaati sud tomonidan qanoatlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter