Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Izboskanda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etgan rahbar jarimaga tortildi

Izboskanda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etgan rahbar jarimaga tortildi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 7-sonli maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganligi haqida xabar berilgan edi. 

O‘zbekiston mehnat vazirligi mazkur holat yuzasidan axborot berdi. «Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra majburiy mehnat holati tasdiqlandi. Andijon viloyati Izbosgan tumani 7-sonli maktab direktori A.Urmonov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Agar majburiy mehnat holatlariga duch kelsangiz, 71-200-06-00 telefon raqamlari  yoki @mehnathuquqbot telegram boti orqali bizlarga xabar bering» deya ma’lum qilingan vazirlik xabarida.

2018 yilning 10 mayida esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori qabul qilingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring