«Ixtisoslashgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlar tanlov asosida qabul qilinib, ularga ustama to‘lanadi» — Shavkat Mirziyoyev
Yig‘ilishda ixtisoslashgan maktablar muallimlarini tayyorlash, malakasi va pedagogik mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi yaratilishi ta’kidlandi. Ularga agentlikning nufuzli xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda malaka sertifikati berilishi joriy etiladi.
Mutasaddilarga joriy yil 1-avgustgacha maktablarga pedagoglarni jamlab, ularni o‘qitish, milliy va xalqaro sertifikatlarni olishlarini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, agentlikning hududiy bo‘limlari tashkil etilishi ma’lum qilindi.
«Umuman, ushbu yangi tashabbuslarni amalga oshirish katta mas’uliyat talab qiladi. Sababi, 220 ta maktabga 12 mingdan ziyod muallimni tanlash va tayyorlash, 140 mingdan ortiq o‘quvchini saralab olish zarur», — dedi Prezident va bu ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun doimiy Ishchi guruh tuzish vazifasini qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter